Workplace Maxfiylik siyosati


Workplace from Meta – bu Meta tomonidan yaratilgan onlayn platforma boʻlib, foydalanuvchilarga ishda hamkorlik qilish va maʼlumotlarni ulashish imkonini beradi. Workplace platformasi Workplace veb-sayti, ilovalari va aloqador onlayn xizmatlarini oʻz ichiga oladi, ular birgalikda “Xizmat” deb yuritiladi.
Bu Maxfiylik siyosatida ushbu Xizmatdan foydalanish vaqtida maʼlumotlaringiz qanday toʻplanishi, ishlatilishi va ulashilishi tasvirlangan.
Bu Xizmat tashkilotlar tomonidan va ularning koʻrsatmalariga muvofiq tarzda foydalanish uchun moʻljallangan hamda sizga ish beruvchingiz yoki sizga bu Xizmatga kirish va undan foydalanish huquqini beruvchi boshqa tashkilot (“Tashkilotingiz” deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladi.
Bu Xizmat siz foydalanishingiz mumkin boʻlgan boshqa Meta xizmatlariga aloqador emas. Boshqa Meta xizmatlarini sizga Meta taqdim etadi va ular Metaning shartlari asosida tartibga solinadi. Biroq bu Xizmat Tashkilotingiz tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu Maxfiylik siyosati, shuningdek, Workplace Maqbul foydalanish siyosati va Workplace Cookie fayllar siyosati bilan tartibga solinadi.
Tashkilotingiz Workplace hisobingiz (“Hisobingiz”) uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi va uni boshqaradi. Shuningdek, Tashkilotingiz siz bu Xizmat orqali yuboradigan yoki taqdim etadigan har qanday maʼlumotning toʻplanishi va ishlatilishi uchun ham javobgardir hamda bunday foydalanish Tashkilotingiz va Meta oʻrtasida kelishilgan shartlar bilan tartibga solinadi.
Bu Maxfiylik siyosatidan tashqari, Tashkilotingizda ushbu Xizmatdan foydalanishingizga nisbatan tatbiq etiladigan qoʻshimcha siyosatlar yoki axloq kodekslari boʻlishi mumkin.
Agar bu Xizmatdan foydalanishga oid savollaringiz boʻlsa, Tashkilotingizga murojaat qiling.

I. Qanday turdagi maʼlumotlar toʻplanadi?
Siz, hamkasblaringiz yoki boshqa foydalanuvchilar bu Xizmatga kirganingizda Tashkilotingiz quyidagi maʼlumotlarni toʻplaydi:
  • toʻliq ism va email manzili kabi kontakt maʼlumotlaringiz;
  • ismingiz va parolingiz;
  • lavozimingiz, boʻlimingiz haqida axborot va ish yoki Tashkilotingizga oid boshqa maʼlumotlar;
  • bu Xizmatdan foydalanish vaqtida, jumladan, hisobni registratsiya qilish, kontent yaratish yoki ulashish, boshqalar bilan xabar almashish yoki muloqot qilish vaqtida siz taqdim etadigan kontent, xabarlar va boshqa maʼlumotlar. Bu rasmning joylashuvi yoki fayl yaratilgan sana kabi siz taqdim etadigan kontentdagi yoki u haqidagi maʼlumotlarni (masalan, meta-axborotni) oʻz ichiga olishi mumkin.
  • boshqalar bu Xizmatdan foydalanish vaqtida taqdim etuvchi kontent, xabarlar va maʼlumotlar. Bu siz haqingizdagi axborotni oʻz ichiga olishi mumkin, masalan, boshqalar sizning suratingizni ulashgan yoki unga fikr bildirganida, sizga xabar yuborgani yoki kontakt maʼlumotlaringizni yuklagani, sinxronlagani yoki import qilganida;
  • siz bu Xizmatning boshqa foydalanuvchilari bilan almashgan barcha xabarlar;
  • foydalanuvchilarning Tashkilotingizga yuborgan xabarlari, fikr-mulohazasi, takliflari va gʻoyalari;
  • billing maʼlumotlari; va
  • siz yoki Tashkilotingiz bu Xizmat yuzasidan platformaning yordam xizmatiga murojaat qilgani yoki u bilan munosabatga kirishganida siz taqdim etadigan maʼlumotlar.

II. Tashkilotingiz bu maʼlumotlardan qanday foydalanadi?
Meta bu Xizmatni Tashkilotingiz va boshqa foydalanuvchilarga taqdim etishi hamda ularga yordam xizmatini koʻrsatishi uchun, shuningdek, Tashkilotingizning boshqa koʻrsatmalariga muvofiq, Tashkilotingiz bu maʼlumotlarni Metaga (platforma taʼminotchisi sifatida) ulashadi. Bunday foydalanishga misollar:
  • foydalanuvchilar va administratorlar bilan ularning bu Xizmatdan foydalanishi yuzasidan muloqot qilish;
  • Tashkilotingiz va boshqa foydalanuvchilar uchun bu Xizmat xavfsizligi va himoyasini yaxshilash, masalan, shubhali harakatlar yoki tegishli shartlar yoki qoidalarni buzish holatlarini tekshirish orqali;
  • bu Xizmat taqdim etish doirasida siz va Tashkilotingiz tajribasini moslashtirish;
  • Tashkilotingiz uchun bu Xizmat doirasida yangi vositalar, mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqish;
  • Xizmat sifatini yaxshilash uchun bir shaxs tomonidan foydalaniladigan turli qurilmalarda bajariladigan Xizmatdagi harakatlarni sinxronlash;
  • ehtimoliy xatoliklarni aniqlash va tuzatish; hamda
  • maʼlumotlarni va tizimni tahlil qilish, jumladan, bu Xizmatni yaxshilash uchun tadqiqot olib borish.

III. Maʼlumotlarni oshkor qilish
Tashkilotingiz toʻplangan maʼlumotlarni quyidagi usullarda oshkor qiladi:
  • bu Xizmatni yoki uning bir qismini taqdim etishda yordam beruvchi tashqi xizmat provayderlariga;
  • siz bu Xizmat orqali ulanishingiz mumkin boʻlgan tashqi ilovalar, veb-saytlar yoki boshqa xizmatlarga;
  • muhim korporativ tranzaksiya, masalan, bu Xizmatni boshqaga oʻtkazish, qoʻshib yuborish, birlashtirish, aktivlar sotuvi yoki bankrotlik yoxud toʻlovga layoqatsizlik holatlari bilan bogʻliq holda;
  • shaxslarning xavfsizligini himoyalash; firibgarlik, xavfsizlikka oid yoki texnik muammolarni hal qilish uchun; va
  • sudga chaqiruv, order, hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi buyruq yoki huquqni muhofaza qilish organining boshqa soʻrovi yoki buyrugʻi bilan bogʻliq holda.

IV. Maʼlumotlaringizga kirish va ularni oʻzgartirish
Siz yoki Tashkilotingiz siz bu Xizmat ichidagi vositalar yordamida ushbu Xizmatga yuklagan maʼlumotlarga kirishi, ularni tuzatishi yoki oʻchirishi mumkin (masalan, profilingiz axborotini tahrirlash yoki Harakatlar jurnali orqali). Agar bu Xizmatda taqdim etilgan vositalar yordamida maʼlumotlaringizga kira olmasangiz yoki oʻzgartirish kirita olmasangiz, bevosita Tashkilotingizga murojaat qiling.

V. Yevropa Ittifoqi va AQSH Maʼlumotlar maxfiyligi tizimi
Meta Platforms, Inc. oʻzining Yevropa Ittifoqi va AQSH Maʼlumotlar maxfiyligi tizimida qatnashish uchun sertifikatga ega. Biz shu sertifikatda koʻrsatilgan mahsulot va xizmatlar uchun AQSHda maʼlumotlarni Meta Platforms, Inc. kompaniyasiga uzatishda Yevropa Ittifoqi va AQSH Maʼlumotlar maxfiyligi tizimi, shuningdek, Yevropa Komissiyasining tegishli muvofiqlik qaroriga tayanamiz. Batafsil maʼlumot olish uchun Meta Platforms, Inc. kompaniyasining Maʼlumotlar maxfiyligi tizimi ochiqlamasi bilan tanishing.

VI. Tashqi havolalar va kontent
Bu Xizmatda Tashkilotingiz nazorat qilmaydigan va uchinchi tomonlar tomonidan taqdim etiladigan kontentga havolalar boʻlishi mumkin. Siz oʻzingiz kirgan har bir veb-saytning maxfiylik siyosatini koʻrib chiqishingiz kerak.

VII. Hisobni yopish
Agar bu Xizmatdan foydalanishni toʻxtatmoqchi boʻlsangiz, Tashkilotingizga murojaat qilishingiz kerak. Xuddi shuningdek, Tashkilotingizda yoki u bilan ishlashni toʻxtatsangiz, Tashkilotingiz Hisobingizni bloklashi va/yoki Hisobingizga aloqador maʼlumotlani oʻchirib tashlashi mumkin.
Hisob yopilganidan keyin hisobning oʻchirilishiga odatda taxminan 90 kun ketadi, lekin ayrim maʼlumotlar oqilona muddat davomida zaxira nusxada qolishi mumkin. Yodda tuting, siz bu Xizmatda yaratadigan va ulashadigan kontentga Tashkilotingiz egalik qiladi va bunday kontent Xizmatda qolishi hamda hatto Tashkilotingiz Hisobingizni faolsizlantirsa yoki tugatsa ham, unga kirish imkoniyati saqlanib qolishi mumkin. Bu holatda siz Xizmatda taqdim etadigan kontent ishingiz davomida siz yaratishingiz mumkin boʻlgan kontentning boshqa turlari (masalan, taqdimotlar yoki qaydlar) bilan bir xil hisoblanadi.

VIII. Maxfiylik siyosatiga oʻzgartirishlar
Bu Maxfiylik siyosati vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Yangilanganida quyidagi “oxirgi yangilanish” sanasi oʻzgartiriladi va yangi Maxfiylik siyosati internetga joylanadi.

IX. Aloqa
Agar ushbu Maxfiylik siyosati yoki Workplace Maqbul foydalanish siyosatiga oid savollaringiz boʻlsa, Tashkilotingiz yoki Tashkilotingiz administratoriga murojaat qiling.
Kaliforniya rezidentlari oʻz Tashkiloti administratoriga murojaat qilish orqali isteʼmolchilarning maxfiylik huquqlari haqida batafsil bilib olishi mumkin.

Oxirgi yangilanish: 2023-yil 10-oktabr