Workplace Marketing maxfiylik siyosati
10-oktabr, 2023 kuni kuchga kiradi
MUNDARIJA
- Huquqiy axborot
- Biz toʻplaydigan maʼlumotlar
- Maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlaymiz
- Biz ulashadigan maʼlumotlar
- Huquqlaringizdan foydalanish
- Maʼlumotlaringizni saqlash
- Global amaliyotlarimiz
- Qayta ishlash uchun huquqiy asoslar
- Maxfiylik siyosatiga yangilanishlar
- Maʼlumotlaringiz uchun kim javobgar
- Bizga murojaat qiling
1. Huquqiy axborot
Bu Maxfiylik siyosatida (“Maxfiylik siyosati”) veb-saytlarimiz, jumladan, workplace.com (“Saytlar”) (Workplace xizmatlaridan farq qiladi) hamda marketing va fikr-mulohazaga asoslangan harakatlarimizni (birgalikda “Harakatlar” deb yuritiladi) taqdim etish bilan bogʻliq amaliyotlarimiz tushuntirilgan. Bu Maxfiylik siyosatida Saytlar va Harakatlarimiz bilan bogʻliq holda biz siz haqingizda toʻplaydigan maʼlumotlarni tasvirlaymiz. Shuningdek, ushbu maʼlumotlarni qanday qayta ishlash va ulashishimizni hamda sizda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan huquqlaringizdan qanday foydalana olishingizni tushuntiramiz.
“Meta”, “biz”, “bizning” yoki “bizni/bizga” soʻzlari Meta tashkilotini anglatadi va bu tashkilot, ushbu Maxfiylik siyosatining “Maʼlumotlaringiz uchun kim javobgar” boʻlimida belgilanganidek, maʼlumotlarni toʻplash va shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga javobgardir.
Workplace xizmatlari: Bu Maxfiylik siyosati foydalanuvchilarga ishda hamkorlik qilish va maʼlumot ulashish imkonini beruvchi onlayn Workplace mahsuloti, jumladan, Workplace mahsuloti, ilovalari va unga aloqador onlayn xizmatlardan (birgalikda “Workplace xizmatlari” deb yuritiladi) foydalanishingizga tatbiq etilmaydi. Workplace xizmatlaridan foydalanishingiz “Workplace Maxfiylik siyosati” tomonidan tartibga solinadi (uni bu yerdantopishingiz mumkin).
2. Biz toʻplaydigan maʼlumotlar
Biz siz haqingizda quyidagi maʼlumotlarni toʻplaymiz:
Kontakt maʼlumotingiz. Siz, masalan, mahsulotlarimiz, jumladan, Workplace bilan bogʻliq holda axborot talab qilsangiz, resurslarni yuklab olsangiz, marketing materiallari uchun registratsiya qilsangiz, bepul sinov versiyani talab qilsangiz yoki tadbir yoxud konferensiyalarimizdan biriga qatnashsangiz, email manzilingiz va ism, lavozim, tashkilot va telefon raqamingiz kabi bazaviy maʼlumotlarni toʻplaymiz. Agar bu maʼlumotlarni bizga taqdim etmasangiz, Workplace mahsulotidan sinov sifatida bepul foydalanish uchun hisob yarata olmaysiz. Agar siz tashkilotingiz hisobining administratori boʻlsangiz, bizdan marketingga oid elektron xabarlarni qabul qilishga rozilik bildirgan vaqtingizda kontakt maʼlumotlaringizni toʻplaymiz.
Siz bizga beradigan axborot. Agar bizga murojaat qilsangiz, boshqa maʼlumotlarni ham bizga taqdim etishingiz mumkin. Taqdim etiladigan maʼlumot turi bizga murojaat qilishingiz sababiga bogʻliq. Masalan, agar Saytlarimizdan foydalanishga oid muammoga duch kelgan boʻlsangiz, siz bu muammoni hal qilish uchun foydali deb hisoblaydigan maʼlumotlarni, shuningdek, siz bilan bogʻlanish maʼlumotlarini (email manzili kabi) bizga taqdim etishingiz mumkin. Masalan, siz Saytning ishlash jarayoni yoki boshqa muammolarga oid maʼlumotlarni email orqali bizga yuborishingiz mumkin. Xuddi shuningdek, agar Workplace xizmatlari haqida maʼlumot soʻrasangiz, bizga qayerda ishlashingiz yoki soʻrovingizga javob berishimizga yordan beruvchi boshqa axborotlarni bizga aytishingiz mumkin.
Soʻrovnoma va fikr-mulohaza maʼlumotlari. Bundan tashqari, biz ixtiyoriy tarzda soʻrovnomalar yoki fikr-mulohaza panellaridan birida qatnashsangiz, siz haqingizda maʼlumotlarni olishimiz mumkin. Masalan, biz uchun soʻrovnoma va fikr-mulohaza panellarini oʻtkazuvchi tashqi xizmat provayderlari bilan hamkorlik qilamiz (misol uchun, fikr-mulohaza panelida qatnashishni tanlagan Workplace mijozlari hamjamiyatini tashkillashtirish). Muayyan sharoitlarda bu kompaniyalar bizga oʻzlari siz haqingizda toʻplagan maʼlumotlarni, jumladan, yoshingiz, jinsingiz, emailingiz, kompaniyadagi rolingiz haqidagi maʼlumotlar, mahsulotlarimizdan foydalanish usullaringiz va siz bergan fikr-mulohazani bizga taqdim etadi.
Foydalanish va jurnal axboroti. Biz Saytlarimizdagi harakatlaringiz haqidagi axborotni, masalan, xizmatga oid, diagnostik va samaradorlik maʼlumotlarini toʻplaymiz. Bunga harakatlaringiz (jumladan, saytdan qanday foydalanishingiz, harakatlaringiz vaqti, chastotasi va davomiyligi), jurnal fayllari, diagnostika, uzilish, veb-sayt va samaradorlik jurnallari va hisobotlari haqidagi maʼlumotlar kiradi.
Qurilma va aloqa maʼlumotlari. Saytlarimizga kirgan yoki ulardan foydalangan vaqtingizda biz qurilma va ulanishga aloqador maʼlumotlarni toʻplaymiz. Bunga qurilma modeli, operatsion tizim, batareya darajasi, signal kuchi, ilova versiyasi haqidagi maʼlumotlar, brauzer axboroti, mobil tarmoq, ulanish axboroti (jumladan, telefon raqami, mobil operator yoki ISP), til va vaqt mintaqasi, IP manzil, qurilma amaliyotlari haqida axborot va identifikatotlar (jumladan, bir xil qurilma yoki hisobga aloqador Meta kompaniyasi mahsulotlariga xos boʻlgan identifikatorlar) haqidagi maʼlumotlar kiradi.
Cookie fayllar. Saytlarimiz cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayl – bu Saytimiz foydalanuvchining brauzeriga yuboruvchi kichik maʼlumot elementi boʻlib, u foydalanuvchining qurilmasida saqlanishi mumkin, shunda foydalanuvchi qaytganida uning kompyuteri yoki qurilmasini tanib olamiz. Shuningdek, oʻxshash funksiyaga ega boshqa texnologiyalardan ham foydalanamiz. Cookie fayllar siyosatida Workplace saytida Cookie fayllar va shu kabi texnologiyalardan qanday foydalanishimiz haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
Tashqi maʼlumotlar. Sayt yoki Harakatlarimizni boshqarish, taqdim etish, yaxshilash, tushunish, moslash va ularni dastaklash uchun tashqi xizmat provayderlari bilan ishlasak, biz ulardan siz haqingizdagi maʼlumotlarni olamiz.
Meta kompaniyalari. Muayyan holatlarda biz infratuzilma, tizimlar va texnologiyalar haqidagi Meta kompaniyalariga ulashilgan maʼlumotlarni toʻplaymiz. Shuningdek, tegishli mahsulot shartlari va qoidalariga muvofiq hamda amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan darajada, biz Meta kompaniyasi mahsulotlari va qurilmalaringizdagi siz haqingizdagi maʼlumotlarni qayta ishlaymiz.
Workplace xizmatlaridan foydalangan vaqtingizda toʻplanadigan maʼlumotlar Workplace Maxfiylik siyosati bilan tartibga solinadi, shuningdek, bu siyosat Workplace xizmatlarini ishlatganingizda maʼlumotlaringizga qanday ishlov berilishini ham tartibga soladi.
3. Maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlaymiz
Biz Saytlar va Harakatlarimizni boshqarish, taqdim etish, yaxshilash, tushunish, moslash va ularni dastaklash maqsadida oʻzimizda mavjud maʼlumotlardan foydalanamiz (siz qilgan tanlovlar va amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda).
Sayt va faoliyatimizni yaxshilash, rivojlantirish va taqdim etish.
Biz Sayt va Harakatlarimizni taqdim etish, yaxshilash va rivojlantirish maqsadida maʼlumotlaringizni tahlil qilamiz. Bu sizga Saytimizdan foydalanish va unda harakatlanish, bizga murojaat qilish, qoʻshimcha resurslarga kirish va bepul sinov versiyalari uchun registratsiya qilish imkonini berishni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, biz ushbu maxfiylik siyosati muvofiq tarzda marketing faoliyatini yuritish maqsadida maʼlumotlaringdan foydalanamiz. Shuningdek, soʻrovnoma va/yoki siz qoʻshilgan fikr-mulohaza panellarini taqdim etish, yaxshilash va rivojlantirish maqsadida maʼlumotlaringizdan foydalanamiz.
Mijozlar nimalarni xohlashi va yoqtirishini tushunish.
Agar siz fikr-mulohaza paneli yoki tadqiqotlarida qatnashsangiz (masalan, siz yangi konsepsiyalarni sinasangiz yoki Workplace xususiyatlariga razm solsangiz), fikr-mulohaza va maʼlumotlaringizni hisobga olamiz hamda tahlil qilamiz. Biz buni mijozlar nimani xohlashi va yoqtirishini tushunish, masalan, Workplace xususiyatlarini oʻzgartirish yoki yangi xususiyatlarni yoki boshqa mahsulot va xizmatlarni taqdim etish zarurati haqida axborot olish va boshqa masalalar haqida tasavvurga ega boʻlish maqsadida amalga oshiramiz. Fikr-mulohaza paneli yoki boshqa fikr-mulohaza tadqiqotidagi ishtirokchingizdan olingan maʼlumotlar umumlashtiriladi va shaxssizlantirilgan shaklda ishlatiladi, shuningdek, fikr-mulohaza yoki taassurot hisobotida iqtibos yoki fikr ishlatilgan boʻlsa, bu hisobot shaxsan sizga bogʻlanmaydi.
Siz bilan muloqot qilish.
Biz oʻzimizda mavjud maʼlumotlardan sizga marketing xabarlarini yuborish va Saytlar hamda Harakatlarimiz haqida siz bilan umumiy muloqot qilish, shuningdek, tegishli hollarda, sizga qoidalar va shartlarimiz haqida xabar qilish maqsadida foydalanamiz. Shuningdek, bizga murojaat qilganingizda sizga javob berish uchun maʼlumotlaringizdan foydalanamiz.
Marketing va reklamalarni taqdim etish, moslash, baholash va yaxshilash.
Biz maqsadli reklamalar (jumladan, birinchi tomon yoki uchinchi tomon tarmoqlar orqali) hamda oʻxshash auditoriya, maxsus auditoriya yaratish hamda birinchi tomon va uchinchi tomon reklama tarmoqlarida baholash uchun maʼlumotlaringizdan foydalanishimiz mumkin.
Xavfsizlik, halollik va himoyani targʻib qilish.
Biz shubhali xatti-harakatlar alomatlarini aniqlash va tekshirish maqsadida ulanish va qurilmangiz haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilamiz.
Maʼlumotlarni saqlash va ularni boshqalar, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlariga va qonuniy talablarga javob berish maqsadida ulashish.
Biz biror qonuniy majburiyatga rioya qilganimizda, masalan, tartibga soluvchi organ, huquqni muhofaza qilish organlari yoki boshqalarning yaroqli qonuniy talabi boʻlsa, muayyan maʼlumotlarga kirish, ularni saqlash va oshkor qilish uchun maʼlumotlaringizni qayta ishlaymiz. Bu amaldagi qonunchilik boʻyicha biz majbur boʻlmagan, lekin oʻzimiz tegishli yurisdiksiya qonunchiligi talab etadi degan asosli ishonchga ega boʻlgan holatlarda qonuniy talablarga javob qaytarish yoki zoʻravon yoki noqonuniy xatti-harakatga qarshi kurashish maqsadida maʼlumotlarni huquqni muhofaza qilish organlari yoki soha hamkorlariga ulashishni oʻz ichiga oladi. Masalan, tergov qilish maqsadida zarur boʻlgan hollarda huquqni muhofaza qilish organlari talab qilsa, biz foydalanuvchi maʼlumotlari tasvirini saqlaymiz. Sud jarayoni yoki boshqa nizolar kontekstida huquqiy maslahat soʻrab murojaat qilsak yoki oʻzimizni himoya qilayotgan boʻlsak, maʼlumotlarni saqlaymiz va ulashamiz. Bu shartlar va qoidalarimizni buzish holatlari kabi masalalarni oʻz ichiga oladi. Ayrim hollarda, qonun bilan talab etiladigan shaxsiy maʼlumotlaringizni bizga taqdim etmaslik siz va Meta tomonidan tegishli qonunning buzilishiga sabab boʻlishi mumkin.
4. Biz ulashadigan maʼlumotlar
Biz hamkorlar va uchinchi tomonlardan oʻzimiz taqdim etadigan maʼlumotlarni qay tarzda ishlatish yoki oshkor qilish mumkinligiga oid qoidalarga rioya qilishni talab qilamiz. Biz quyidagilarga ulashadigan maʼlumotlar haqida batafsil bilib oling:
Tashqi hamkorlar va xizmat provayderlari. Biz tashqi hamkorlar va tashqi xizmat provayderlari bilan hamkorlik qilamiz, ular bizga Saytlar va Harakatlarimizdan foydalanishda yordam beradi. Ular bizga qanday yordam berishi yoki biz bilan qanday ishlashiga qarab, tashqi xizmat provayderlariga maʼlumot ulashganimizda ulardan maʼlumotlaringizdan bizning nomimizdan va bizning koʻrsatma hamda shartlarimizga muvofiq tarzda foydalanishni talab qilamiz. Biz turli hamkorlar va xizmat provayderlari bilan, jumladan, marketing, tahlil, soʻrovnomalar, fikr-mulohaza panellari, shuningdek, mahsulot va xizmatlarimizni yaxshilashda bizga yordam beruvchi hamkor va xizmat provayderlari bilan hamkorlik qilamiz.
Meta kompaniyalari: Biz Harakatlarimiz bilan bogʻliq holda yoki Saytlar, infratuzilma, tizimlar va texnologiyalar orqali toʻplagan maʼlumotlarimizni boshqa Meta kompaniyalariga ulashamiz. Maʼlumot ulashish xavfsizlik, himoya va halollikni targʻib qilish; taklif va reklamalarni moslashtirish; amaldagi qonunlarga rioya qilish; xususiyatlar va integratsiyalarni ishlab chiqish hamda taqdim etish; odamlar Meta kompaniyasi mahsulotlaridan qanday foydalanishi va ular bilan qanday munosabatga kirishishini tushunishda bizga yordam beradi.
Huquqiy masalalar va muvofiqlik: Biz (i) tintuv orderlari, sud buyruqlari, dalillarni olish orderlari va sudga chaqiruvlarga javoban maʼlumotlaringizga kirish, ularni saqlash, ishlatish va ulashishimiz mumkin. Bu talablar fuqarolik daʼvolari, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa hukumat organlaridan keladi. Shuningdek, biz (ii) amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda va (iii) Meta mahsulotlari, foydalanuvchilari, xodimlari, mulki va jamoatchilikning xavfsizligi, himoyasi va halolligini taʼminlash maqsadida, maʼlumotlaringizni boshqa tashkilotlar, jumladan, boshqa Meta kompaniyalari va tergov qilish hamda bunday talablarga javob qaytarishda bizga yordam beruvchi uchinchi tomonlarga ulashamiz. Bu kelishuvni buzish holatlari, shartlar va qoidalarimizni buzish holatlari yoki qonunchilikdagi ziddiyatlarni tekshirish yoki firibgarlik holatlarini aniqlash, ularga qarshi kurashish va ularning oldini olish maqsadlarini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, hududiy daʼvolarni qoʻzgʻatish, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun yoki shaxsga yoki mulkka yetkazilgan haqiqiy yoki ehtimoliy zarar yoki yoʻqotishni oʻrganish yoki uning oldini olish maqsadida ham maʼlumotlaringiz oshkor qilinishi mumkin.
Kompaniyaning sotilishi: Agar biz kompaniyamizni toʻliq yoki qisman boshqa shaxsga sotsak yoki oʻtkazsak, amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda, ushbu tranzaksiya doirasida maʼlumotlaringizni yangi egaga taqdim etishimiz mumkin.
5. Huquqlaringizdan foydalanish
Amaldagi qonunlar va siz yashaydigan joyga qarab, sizda shaxsiy maʼlumotlaringizga oid huquqlar mavjud. Bu huquqlarning ayrimlari barcha holatlarda tatbiq etilsa-da, ayrimlari faqat cheklangan holatlar yoki muayyan yurisdiksiyalarda tatbiq etiladi. Bu yerda bizga murojaat qilish orqali huquqlaringizdan foydalanishingiz mumkin.
- Kirish/bilish huquqi. Siz maʼlumotlaringizga kirishni yoki biz toʻplaydigan, ishlatadigan yoki oshkor qiladigan ayrim maʼlumotlar, jumladan, muayyan turkumga tegishli shaxsiy maʼlumotlaringizning nusxasi taqdim etilishini hamda maʼlumotlarga oid amaliyotlarimiz haqida axborot berilishini talab qilish huquqiga egasiz.
- Tuzatish huquqi. Siz bizdan oʻzingiz haqingizdagi xato maʼlumotlarni tuzatishni talab qilish huquqiga egasiz.
- Oʻchirib tashlash/oʻchirishni talab qilish huquqi. Ayrim holatlarda, agar yaroqli asoslar mavjud boʻlsa va amaldagi qonunlarga muvofiq, siz bizdan shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻchirishni talab qilish huquqiga egasiz.
- Maʼlumotlarning uzatilishiga boʻlgan huquqi. Siz, muayyan holatlarda, maʼlumotlaringizni muayyan tuzilishga moslangan, keng tarqalgan va mashina oʻqiy oladigan formatda olish yoki boshqa bir nazoratchiga uzatish huquqiga egasiz.
- Eʼtiroz bildirish/voz kechish huquqi (marketing. Siz istalgan vaqtda maʼlumotlaringizning bevosita marketing, profillash va avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish maqsadida qayta ishlanishiga eʼtiroz bildirish huquqiga egasiz. Agar maʼlumotlaringizda bevosita marketing uchun foydalansak, siz bu xabarlardagi obunani bekor qilish havolari yordamida kelgusidagi bevosita marketing xabarlariga eʼtiroz bildirish va ulardan voz kechishingiz mumkin.
- Eʼtiroz bildirish huquqi. Siz muayyan maʼlumotlaringizning qayta ishlanishiga eʼtiroz bildirish va buni cheklash huquqiga egasiz. Biz qonuniy manfaatlarimizga tayanganimiz yoki jamoatchilik manfaati yoʻlida biror vazifani bajarganimizda maʼlumotlaringizni qayta ishlashimizga eʼtiroz bildirishingiz mumkin. Biz eʼtirozni baholashda bir nechta omillar, jumladan, quyidagilarni hisobga olamiz: agar bizda bunday qayta ishlash uchun manfaatlaringiz yoki asosiy huquq va erkinliklaringizdan ustun boʻlmagan jiddiy qonuniy asoslar borligini aniqlamasak yoki qayta ishlash qonuniy sabablarga koʻra zarur boʻlmasa, eʼtirozingiz qanoatlantiriladi va biz maʼlumotlaringizga ishlov berishni toʻxtatamiz. Bevosita marketing uchun maʼlumotlaringizdan foydalanishimizni toʻxtatish maqsadida tegishli marketing xabarlaridagi “obunani bekor qilish” havolasidan foydalanishingiz mumkin.
- Asosli kutilmalaringiz
- Siz, biz, boshqa foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslar uchun foyda va xavflar
- Xuddi shu maqsadga erishish uchun invazivlik darajasi pastroq boʻlishi va nomutanosib harakatlarni talab qilmasligi mumkin boʻlgan boshqa mavjud vositalar
- Rozilikni qaytarib olish huquqi. Muayyan qayta ishlash harakatlari uchun roziligingizni olgan boʻlsak, istalgan vaqtda bu rozilikni qaytarib olishingiz mumkin. Yodda tuting: rozilikni qaytarib olish bunday qaytarib olinishidan avval amalga oshirilgan qayta ishlash holatlarining qonuniyligiga taʼsir qilmaydi.
- Shikoyat qilish huquqi. Siz mahalliy nazorat organiga shikoyat qilishingiz mumkin. Meta Platforms Ireland Limited kompaniyasining yetakchi nazoratchi organi – bu Irlandiya Axborot muhofazasi komissiyasidir.
- Diskriminatsiya qilinmaslik huquqi. Biz ushbu huquqlardan foydalanganingiz uchun sizni diskriminatsiya qilmaymiz.
Yodda tuting: maʼlumotlaringiz va Marketing xizmatlarimiz yaxlitligini himoya qilish maqsadida, soʻrovingizni koʻrib chiqishdan avval shaxsingizni tasdiqlashimiz talab etilishi mumkin. Muayyan holatlarda shaxsingizni tasdiqlash uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni, jumladan, ayrim yurisdiksiyalarda davlat tomonidan chiqarilgan ID hujjatni taqdim etishingiz kerak boʻlishi mumkin. Muayyan qonunlarga koʻra, siz bu huquqlardan oʻzingiz foydalanishingiz yoki sizning nomingizdan ushbu talablarni yoʻllovchi vakolatli agentni tayinlashingiz mumkin.
Braziliyaning maʼlumotlar himoyasiga oid asosiy qonunchiligi
Bu boʻlim Braziliya qonunchiligi asosida shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash faoliyatiga tatbiq etiladi va ushbu Maxfiylik siyosatini toʻldiradi.
Braziliya Maʼlumotlar himoyasi haqidagi umumiy qonunga (LGPD) koʻra, siz maʼlumotlaringizga kirish, ularni tuzatish, oʻtkazish, oʻchirish va ularni qayta ishlashimizni tasdiqlash huquqiga egasiz. Ayrim holatlarda siz shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishiga eʼtiroz bildirish va buni cheklash huquqiga ham egasiz yoki siz bizga taqdim etgan maʼlumotlarni roziligingiz asosida qayta ishlasak, roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin. Bu Maxfiylik siyosatida biz maʼlumotlarni uchinchi tomonlarga qanday ulashishimiz tasvirlangan. Maʼlumotlarga oid amaliyotlarimiz haqida batafsil maʼlumot soʻrash uchun bu yerga bosing.
Shuningdek, bevosita DPA ga murojaat qilish orqali Braziliya Maʼlumotlarni himoya qilish organiga ariza berish huquqiga egasiz.
6. Maʼlumotlaringizni saqlash
Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni faqat ushbu Maxfiylik siyosatida belgilangan maqsadlar uchun zarur vaqt davomida saqlaymiz. Fikr-mulohaza paneli yoki fikr-mulohaza tadqiqotlarida ishtirok etgan vaqtingizda toʻplangan maʼlumotlarni Meta shu loyiha davomida va undan keyin undan keyin tahlillarni amalga oshirish, oʻzaro baholashga javob berish yoki fikr-mulohazalarni tekshirish uchun zarur boʻlgan vaqt davomida saqlaydi. Meta qonuniy majburiyatlarimizga rioya qilish (masalan, amaldagi qonunlarga koʻra, shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlashimiz talab etilsa), nizolarni hal qilish va shartlarimiz ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlgan darajada shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlaydi va ulardan foydalanadi. Ushbu saqlash muddatlari tugaganidan keyin va bizda bu shaxsiy maʼlumotlarni saqlash uchun boshqa maxsus sabab boʻlmasa, tegishli shaxsiy maʼlumotlar oʻchirib tashlanadi.
7. Global amaliyotlarimiz
Biz oʻzimiz toʻplagan maʼlumotlarni global tarzda (ofis va axborot markazlarimizda ichki tarzda hamda taʼminotchi, xizmat provayderlari va uchinchi tomonlarga tashqi tarzda) ulashamiz. Meta butun dunyodan boʻlgan mijozlar va xodimlarga ega xalqaro kompaniya boʻlgani sababli, turli sabablar, jumladan, quyidagilar uchun maʼlumotlarni oʻtkazish talab etiladi:
- Ushbu Maxfiylik siyosati shartlarida bayon qilingan xizmatlarni boshqara va taqdim eta olishimiz uchun
- Mahsulotlarimizni ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq tarzda tuzatish, tahlil qilish va yaxshilash uchun
Maʼlumotlar qayerga oʻtkaziladi?
Maʼlumotlaringiz quyidagi joylarga oʻtkaziladi yoki uzatiladi yoki ularda saqlanadi va qayta ishlanadi:
- Biz infratuzilmaga ega booʻlgan joylar, jumladan, AQSH, Irlandiya, Daniya, Shvetsiya va boshqalar
- Workplace mavjud boʻlgan mamlakatlar
- Taʼminotchilarimiz, xizmat provayderlarimiz va uchinchi tomonlar joylashgan va siz yashaydigan mamlakatdan boshqa mamlakatlar, bu Maxfiylik siyosatida tasvirlangan maqsadlar yuzasidan.
Maʼlumotlaringizni qanday himoya qilamiz?
Xalqaro maʼlumot oʻtkazmalari uchun tegishli mexanizmlardan foydalanamiz.
Biz xalqaro maʼlumot oʻtkazmalari uchun ishlatadigan mexanizmlar
Xalqaro oʻtkazmalar uchun tegishli mexanizmlardan foydalanamiz. Masalan, biz toʻplaydigan maʼlumotlar uchun:
Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududi
- Biz Yevropa komissiyasining Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududidan tashqaridagi muayyan mamlakatlar va hududlar shaxsiy maʼlumotlar uchun munosib darajadagi himoyani taʼminlaydi, deb eʼtirof etilgan qarorlariga tayanamiz. Bu qarorlar “muvofiqlik haqida qarorlar” deb ataladi. Xususan, muvofiq haqida tegishli qarorlarga asosan, biz toʻplangan maʼlumotlarni Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududidan Argentina, Isroil, Yangi Zelandiya, Shveytsariya va qaror tatbiq etilsa, Kanadaga uzatamiz. Har bir mamlakat uchun muvofiqlik haqida qaror toʻgʻrisida batafsil. Meta Platforms, Inc. Yevropa Ittifoqi va AQSH Maʼlumotlar himoyasi tizimida qatnashish sertifikatiga ega. Biz shu sertifikatda koʻrsatilgan mahsulot va xizmatlar uchun AQSHda maʼlumotlarni uzatishda Yevropa Ittifoqi va AQSH Maʼlumotlar maxfiyligi tizimi, shuningdek, Yevropa Komissiyasining tegishli muvofiqlik qaroriga tayanamiz. Batafsil maʼlumot olish uchun Meta Platforms, Inc. kompaniyasining Maʼlumotlar maxfiyligi tizimi ochiqlamasi bilan tanishing.
- Boshqa holatlarda biz uchinchi mamlakatga maʼlumotlarni uzatish uchun Yevropa komissiyasi tasdiqlagan standart shartnoma shartlari (hamda tegishli hollarda, Birlashgan Qirollik uchun ekvivalent standart shartnoma shartlari) yoki amaldagi qonunchilik bilan belgilangan istisnolarga tayanamiz.
- Bundan tashqari, biz maʼlumotlaringizni xavfsiz tarzda uzatish uchun koʻradigan qoʻshimcha choralar bilan tanishing.
Agar xalqaro maʼlumot uzatmalari va standart shartnoma shartlariga oid savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qilishingiz mumkin.
Koreya
Sizga tegishli maxfiylik huquqlari, biz maʼlumotlaringizni ulashadigan uchinchi tomonlar va boshqa masalalar haqida batafsil bilib olish uchun Koreya Maxfiylik siyosatini oʻqib chiqing.
ROW:
- Boshqa holatlarda biz uchinchi mamlakatga maʼlumotlarni uzatish uchun Yevropa komissiyasi tasdiqlagan standart shartnoma shartlari (hamda tegishli hollarda, Birlashgan Qirollik uchun ekvivalent standart shartnoma shartlari) yoki amaldagi qonunchilik bilan belgilangan istisnolarga tayanamiz.
- Biz Yevropa komissiyasi va boshqa tegishli organlarning boshqa mamlakatlarda maʼlumotlarni himoya qilishning munosib darajalari mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi qarorlariga tayanamiz.
- Biz maʼlumotlarni AQSH va boshqa tegishli mamlakatlarga uzatish uchun tatbiq etiladigan amaldagi qonunlarga muvofiq mexanizmlardan foydalanamiz.
Shuningdek, maʼlumotlaringizni uzatishda tegishli xavfsizlik choralari mavjudligini taʼminlaymiz. Masalan, maʼlumotlaringiz ommaviy tarmoqlar orqali uzatilganida ruxsat etilmagan kirish holatlaridan himoyalash uchun ularni shifrlaymiz.
8. Qayta ishlash uchun huquqiy asoslar
Maʼlumotlar himoyasiga oid muayyan amaldagi qonunlarga koʻra, kompaniyalar shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashi uchun huquqiy asosga ega boʻlishi lozim. “Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash” deganda biz maʼlumotlaringizni toʻplaydigan, ishlatadigan va ulashadigan usullar nazarda tutiladi, bu usullar ushbu Maxfiylik siyosatining yuqoridagi boshqa boʻlimlarida tasvirlangan.
Qonuniy asosimiz nima?
Yurisdiksiya yoki vaziyatingizga qarab, bu Maxfiylik siyosatida tasvirlangan maqsadlarda maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun turli huquqiy asoslarga tayanamiz. Bir xil maʼlumotlaringizni turli maqsadlarda qayta ishlash vaqtida turli huquqiy asoslarga tayanishimiz ham mumkin. Ayrim yurisdiksiyalarda shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun asosan sizning roziligingizga tayanamiz. Boshqa yurisdiksiyalar, jumladan, Yevropa mintaqasida biz quyidagi huquqiy asoslarda tayanamiz. Quyida har bir huquqiy asos boʻyicha nega maʼlumotlaringizni qayda ishlashimiz tasvirlangan.
Qonuniy manfaatlar
Biz oʻzimizning qonuniy manfaatlarimiz yoki uchinchi tomonning qonuniy manfaatlariga (“qonuniy manfaatlar”) tayanamiz (agar manfaatlaringiz yoki fundamental huquq va erkinliklaringiz ulardan ustun boʻlmasa):
Maʼlumotlaringizni nega va qanday qayta ishlaymiz | Biz tayanadigan qonuniy manfaatlar | Ishlatiladigan axborot turkumlari |
---|---|---|
Sayt va Harakatlarimizni taqdim etish, yaxshilash va rivojlantirish maqsadida, biz: maʼlumotlaringiz, shuningdek, Saytimizdan qanday foydalanishingiz hamda Harakatlarimizni qanday ishlatishingiz va ular bilan munosabatlaringizni tahlil qilamiz. | Saytimiz faoliyatini tushunish va saytimizni kuzatish hamda yaxshilash bizning manfaatimiz doirasiga kiradi. Marketing va fikr-mulohaza harakatlarini taqdim etish, ulardan qanday foydalanishingizni tushunish, shuningdek, ularni ishlab chiqish va yaxshilash bizning manfaatimiz doirasiga kiradi. |
|
Foydalanuvchi nimani xohlashi va yoqtirishini tushunish maqsadida biz: Harakatlarimizni taqdim etamiz, jumladan, agar siz fikr-mulohaza paneli yoki tadqiqotlarida qatnashsangiz, masalan, siz yangi konsepsiyalarni sinasangiz yoki Workplace xususiyatlariga razm solsangiz, fikr-mulohaza va maʼlumotlaringizni hisobga olamiz hamda tahlil qilamiz. Fikr-mulohaza paneli yoki boshqa fikr-mulohaza tadqiqotidagi ishtirokchingizdan olingan maʼlumotlar umumlashtiriladi va shaxssizlantirilgan shaklda ishlatiladi, shuningdek, fikr-mulohaza yoki taassurot hisobotida iqtibos yoki fikr ishlatilgan boʻlsa, bu hisobot shaxsan sizga bogʻlanmaydi. | Mijozlar nimani xohlashi va yoqtirishini tushunish hamda bu axborotdan Workplace xususiyatlarini oʻzgartirish yoki yangi xususiyatlarni yoki boshqa mahsulot va xizmatlarni taqdim etish zarurati haqida axborot olish va boshqa masalalar haqida tasavvurga ega boʻlish uchun foydalanish bizning manfaatimiz va mijozlarimiz manfaati doirasiga kiradi. |
|
Siz bilan muloqot qilish va sizga marketing xabarlarini yuborish uchun. Agar email orqali tarqatma xatlar kabi marketing xabarlarini olish uchun registratsiya qilsangiz, istalgan vaqtda har bir emailning pastki qismida joylashgan “obunani bekor qilish” havolasi ustiga bosish orqali obunani bekor qilishingiz mumkin. Biz sizga Harakatlarimiz va tegishli hollarda qoidalar va/yoki shartlar haqida xabarlar yuboramiz. Shuningdek, bizga murojaat qilganingizda sizga javob qaytaramiz. | Mahsulotlarimizni targʻib qilish tegishli yangi yoki yangilangan mahsulotlar haqida maʼlumot berish uchun sizga bevosita marketing xabarlarini yuborish bizning manfaatimiz doirasiga kiradi. Sizga Harakatlarimiz haqida xabarlarni yuborish bizning manfaatimiz doirasiga kiradi. Bizga murojaat qilganingizda sizga javob berish bizning manfaatimiz va sizning manfaatingiz doirasiga kiradi. |
|
Marketing faoliyatimiz va reklamalarni taqdim etish, moslashtirish, baholash va yaxshilash maqsadida, biz: Maqsadli reklamalar (jumladan, birinchi tomon yoki uchinchi tomon tarmoqlar orqali) hamda oʻxshash auditoriya, maxsus auditoriya yaratish hamda birinchi tomon va uchinchi tomon reklama tarmoqlarida baholash uchun maʼlumotlaringizdan foydalanishimiz | Marketing va reklama faoliyatini amalga oshirish bizning manfaatimiz doirasiga kiradi. |
|
Xavfsizlik, himoya va halollikni taʼminlash maqsadida, biz: shubhali xatti-harakatlarning alomatlarini aniqlash va tekshirish uchun ulanish va qurilmangizga oid axborotni tahlil qilamiz. | Tegishli tizimlarni himoya qilish, spam, tahdidlar, zoʻravonlik yoki huquqbuzarlik harakatlariga qarshi kurashish, shuningdek, Saytlar va Harakatlarimizda xavfsizlik va himoyani taʼminlash bizning manfaatimiz hamda Saytlarimiz foydalanuvchilari, shuningdek, Marketing va fikr-mulohaza harakatlarimiz ishtirokchilari manfaati doirasiga kiradi. |
|
Biz maʼlumotlarni saqlaymiz va ularni boshqalar, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlariga va qonuniy talablarga javob berish maqsadida ulashamiz. Bu amaldagi qonunchilik boʻyicha biz majbur boʻlmagan, lekin oʻzimiz tegishli yurisdiksiya qonunchiligi talab etadi degan asosli ishonchga ega boʻlgan holatlarda qonuniy talablarga javob qaytarish yoki zoʻravon yoki noqonuniy xatti-harakatga qarshi kurashish maqsadida maʼlumotlarni huquqni muhofaza qilish organlari yoki soha hamkorlariga ulashishni oʻz ichiga oladi. Masalan, tergov qilish maqsadida zarur boʻlgan hollarda huquqni muhofaza qilish organlari talab qilsa, biz foydalanuvchi maʼlumotlari tasvirini saqlaymiz. | Firibgarlik, Saytlar va Harakatlarimizdan ruxsatsiz foydalanish, shartlar va qoidalarni buzish holatlari hamda boshqa zararli yoki noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish va ularni hal qilish bizning manfaatimiz va foydalanuvchilarimiz manfaati doirasiga kiradi. Oʻzimiz (jumladan, huquqlar, xodimlar, mulk yoki mahsulotlarimiz), foydalanuvchilarimiz yoki boshqalarni himoya qilish (jumladan, tergov va majburiy surishtiruvchilar doirasida) bizning manfaatimiz doirasiga kiradi. Tegishli huquqni muhofaza qilish organlari, hukumat, organlar va soha hamkorlari haqoratli yoki noqonuniy xatti-harakatlarni tergov qilish va ularga qarshi kurashishdan qonunan manfaatdordir. |
|
Sud jarayoni yoki boshqa nizolar kontekstida huquqiy maslahat soʻrab murojaat qilsak yoki oʻzimizni himoya qilayotgan boʻlsak, maʼlumotlarni saqlaymiz va ulashamiz. Bu, tegishli hollarda, shartlar va qoidalarimizni buzish holatlari kabi masalalarni oʻz ichiga oladi. | Shikoyatlarga javob berish, firibgarlik, Saytlar va Harakatlarimizdan ruxsatsiz foydalanish, tegishli hollarda, amaldagi shartlar va qoidalarni buzish holatlari yoki boshqa zararli yoki noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish va ularni hal qilish bizning manfaatimiz va foydalanuvchilarimiz manfaati doirasiga kiradi. Sud jarayoni yoki boshqa nizolar kontekstida huquqiy maslahat soʻrab murojaat qilish va oʻzimiz (jumladan, huquqlari, xodimlar, mulk yoki mahsulotlarimiz), foydalanuvchilarimiz va boshqalarni himoya qilish (jumladan, tergov yoki majburiy surishtiruv hamda sud jarayoni yoki boshqa nizolar doirasida) bizning manfaatimiz doirasiga kiradi. |
|
Roziligingiz
Quyida tasvirlangan maqsadlar yuzasidan maʼlumotlarni bizga rozilik bildirganingizdan keyin qayta ishlaymiz. Ishlatiladigan maʼlumot turkumlari, shuningdek, ular nega va qanday qayta ishlanishi quyida tasvirlangan:
Quyida tasvirlangan maqsadlar yuzasidan maʼlumotlarni bizga rozilik bildirganingizdan keyin qayta ishlaymiz. Ishlatiladigan maʼlumot turkumlari, shuningdek, ular nega va qanday qayta ishlanishi quyida tasvirlangan:
Maʼlumotlaringizni nega va qanday qayta ishlaymiz | Ishlatiladigan axborot turkumlari |
---|---|
Sizga (roziligingiz asosida) marketing xabarlarini yuborish uchun. Roziligingiz asosida maʼlumotlaringizni qayta ishlasak, istalgan vaqtda quyida keltirilgan kontakt maʼlumoti yordamida bizga murojaat qilish orqali roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin. Rozilikni qaytarib olish qaytarib olishdan avval ushbu rozilik asosida amalga oshirilgan qayta ishlash holatlarining qonuniyligiga taʼsir qilmaydi. Siz istalgan vaqtda har bir emailning pastki qismida joylashgan “obunani bekor qilish” havolasi ustiga bosish orqali email yordamida yuboriladigan marketing xabarlariga obunani bekor qilishingiz mumkin. |
|
Qonuniy majburiyatga muvofiq
Biz biror qonuniy majburiyatga rioya qilish maqsadida, masalan, yaroqli qonuniy talab mavjud boʻlsa, muayyan maʼlumotlarga kirish, ularni saqlash va oshkor qilish uchun maʼlumotlarni qayta ishlaymiz.
Biz biror qonuniy majburiyatga rioya qilish maqsadida, masalan, yaroqli qonuniy talab mavjud boʻlsa, muayyan maʼlumotlarga kirish, ularni saqlash va oshkor qilish uchun maʼlumotlarni qayta ishlaymiz.
Maʼlumotlaringizni nega va qanday qayta ishlaymiz | Ishlatiladigan axborot turkumlari |
---|---|
Biz biror qonuniy majburiyatga rioya qilgan holda maʼlumotlarni qayta ishlash uchun, masalan, tartibga soluvchi organ, huquqni muhofaza qilish organlari yoki boshqalarning yaroqli qonuniy talabi boʻlsa, muayyan maʼlumotlarga kirish, ularni saqlash va oshkor qilish uchun. Misol uchun, tergov bilan bogʻliq holda IP manzil kabi maʼlumotlarni taqdim etish haqida Irlandiya huquqni muhofaza qilish organlarining dalillarni taqdim qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi yoki tintuv orderi. |
|
Sizning yoki boshqa shaxsning muhim manfaatlari himoyasi
Biror shaxsning muhim manfaatlarini himoya qilish talab etilganida maʼlumotlarni qayta ishlaymiz.
Biror shaxsning muhim manfaatlarini himoya qilish talab etilganida maʼlumotlarni qayta ishlaymiz.
Maʼlumotlaringizni nega va qanday qayta ishlaymiz | Ishlatiladigan axborot turkumlari |
---|---|
Biror shaxsning muhim manfaatlarini himoyalash talab etiladigan holatlarda, masalan, favqulodda vaziyatlarda biz maʼlumotlarni huquqni muhofaza qilish organlari va boshqalarga ulashamiz. Bu muhim manfaatlar sizning yoki boshqa shaxsning hayoti, jismoniy yoki ruhiy salomatligi, farovonligi yoki halolligini himoya qilishni oʻz ichiga oladi. |
|
9. Maxfiylik siyosatiga yangilanishlar
Biz vaqti-vaqti bilan Maxfiylik siyosatini oʻzgarish kiritishimiz yoki uni yangilashimiz mumkin. Bunda biz yangi Maxfiylik siyosatini joylaymiz, yuqoridagi “Oxirgi tahrir” sanasini yangilaymiz va amaldagi qonunlar bilan talab qilinadigan boshqa harakatlarni amalga oshiramiz. Maxfiylik siyosatimizni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.
10. Maʼlumotlaringiz uchun kim javobgar
Biz vaqti-vaqti bilan Maxfiylik siyosatini oʻzgarish kiritishimiz yoki uni yangilashimiz mumkin. Bunda biz yangi Maxfiylik siyosatini joylaymiz, yuqoridagi “Oxirgi tahrir” sanasini yangilaymiz va amaldagi qonunlar bilan talab qilinadigan boshqa harakatlarni amalga oshiramiz. Maxfiylik siyosatimizni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.
Agar Yevropa mintaqasi hududida yashasangiz (bu Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar va boshqa mamlakatlarni oʻz ichiga oladi: Andorra, Avstriya, Asorish, Belgiya, Bolgariya, Kanar orollari, Normand orollari, Xorvatiya, Chexiya Resbuplikasi, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Fransuz Gvianasi, Germaniya, Gibraltar, Gretsiya, Gvadelupe, Vengriya, Islandiya, Irlandiya, Men oroli, Italiya, Latviya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Madeyra, Malta, Martinika, Mayotta, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Kipr Respublikasi, Reyunion, Ruminiya, San-Marino, Sent-Martin, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Birlashgan Qirollik, Birlashgan Qirollikning Kiprdagi suveren bazalari (Akrotiri va Dekeliya) va Vatikan) yoki AQSH yoxud Kanadadan tashqarida yashasangiz, maʼlumotlaringiz uchun javobgar boʻlgan maʼlumotlar nazoratchisi Meta Platforms Ireland Limited hisoblanadi.
Agar AQSH yoki Kanadada yashasangiz, maʼlumotlaringiz uchun masʼul tashkilot – Meta Platforms Inc. kompaniyasidir.
11. Bizga murojaat qiling
Agar bu Maxfiylik siyosati haqida savollaringiz boʻlsa yoki shaxsiy maʼlumotlaringiz va maxfiylikka oid qoida hamda amaliyotlarimiz haqida savol, shikoyat yoki soʻrovlaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling. Bizga workplace.team@fb.com email manzili yoki quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin:
AQSH va Kanada:
Meta Platforms, Inc.
ATTN: Maxfiylik amaliyotari
1601 Willow Road
Menlo Park, CA 94025
Boshqa mamlakatlar (jumladan, Yevropa mintaqasi):
Meta Platforms Ireland Limited
Merrion Road
Dublin 4
D04 X2K5
Irlandiya
Meta Platforms Ireland Limited kompaniyasining Maʼlumotlar himoyasi xodimiga bu yerda murojaat qilishingiz mumkin.